UFC 306 tashkilotning eng serdaromad turniri bo‘ldi
Sport
−
16 Sentabr
3448UFC 306 turniri liga tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan turnir bo‘ldi. Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, “Sfera”dagi barcha 16 024 o‘rin uchun chiptalar sotilgan. Oxirgi turnir uchun chiptalar sotuvidan tushgan umumiy daromad taxminan 22 million dollarni tashkil etgan. Bu UFC tarixidagi rekord hisoblanadi.
Qayd etish joiz, UFC 306 turnirining asosiy jangida Shon O'Melli va Merab Dvalishvili o‘rtasida yengil vazn toifasida UFC chempionligi uchun bo‘lib o‘tdi. Jang gruziyalik jangchining g‘alabasi bilan yakunlandi va u -61 kg vaznda yangi liga chempioniga aylandi.
LiveBarchasi