UFC 254 tomoshabinlar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin 

Sport

image

UFC 254 turniri tomoshabinlar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Shunday bo‘lgan taqdirda, u pandemiya e’lon qilingandan keyin tomoshabinlarga ruxsat berilgan ilk musobaqa bo‘ladi. Bu haqda promoushenning operatsion direktori Lourens Epshteyn ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu imkoniyat bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

"Qaror Abu-Dabining mahalliy hokimiyati tomonidan qabul qilinadi. UFC'da tomoshabinlar ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Biz Abu-Dabi Hukumati bilan birgalikda to‘g‘ri qaror qabul qilamiz. Albatta, biznes uchun eng yaxshi variant - bu arenalarning to‘laligi", degan Epshteyn. 

25 oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC 254 musobaqasida yengil vazn toifasida Habib Nurmuhamedov va Jastin Getji kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, UFC rahbari Dana Uayt agar Habib Jastin Getjini mag‘lub etsa, yana bir bor Habib - Toni jangini tashkil qilishga urinib ko‘rishini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Habib va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jangni UFC besh marta tashkil etishga urinib ko‘rgan, lekin hozircha barcha harakatlar omadsiz yakunlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Jastin Getji

Baholaganlar

200

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing