UFC-249 turniri to‘xtatildi. Deyna Uaytga kim qo‘ng‘iroq qildi?

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalganiga qaramay, joriy yilning 18 aprel kuni UFC-249 turniri Kaliforniya shtatidagi orolda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq UFC prezidenti Deyna Uaytga qilingan qo‘ng‘iroqdan so‘ng, ushbu turnirni o‘tkazish bekor qilindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom ESPN'ga tegishli bo‘lgan Disney kompaniyasining rahbariga qo‘ng‘iroq qilgan va UFC-249 turnirini bekor qilishni aytgan. Shundan so‘ng Disney kompaniyasining rahbari UFC prezidenti Deyna Uaytga qo‘ng‘iroq qilgan va turnirni bekor qilishni so‘ragan. Shu tariqa o‘tkazilishi so‘roq ostida turgan UFC-249 turniri koronavirus pandemiyasi sabab noma’lum muddatga qoldirildi. 

Ma’lumot o‘rnida, avvaliga ushbu turnir Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi va turnirni o‘tkazish uchun tashkilotchilar boshqa joy izlashga tushdi. Joy topilganda esa turnir bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu turnirning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Habib Rossiyadan chiqmadi va bu jangda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa Nurmagomedov o‘rniga Jastin Getji Toni Fergyusonga raqiblik qiladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing