O‘FA terma jamoalar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Sport

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Usmon Toshev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Usmon Toshev FIFA instruktori sifatida katta tajribaga ega, u O‘zbekistonda eng birinchilardan bo‘lib Pro litsenziyaga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblanadi”, deyiladi assotsiatsiya xabarida.

Bunga qadar Toshev “Nurafshon” (G‘ijduvon) klubining bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U faoliyati davomida “Andijon”, “Nasaf”, “Mayvand”, “Tofan Harirod” klublarining bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Shuningdek, Usmon Toshev 2006 yilda O‘zbekiston terma jamoasining yordamchi murabbiyi, 2018 yilda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi va  2018-2021 yillar davomida Tojikiston terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshevdan avval O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Aziz Haydarov oilaviy sabablari tufayli o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Futbol Usmon Toshev Terma jamoalar bo'limi

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing