O‘FA rahbarligi uchun yangi nomzodlar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
14 iyun 2019
7295Xabaringiz bor, kecha, 13 iyun kuni 2017 yilning sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov lavozimidan iste’foga chiqqan edi.
QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, bugun, 14 iyun kuni O‘FA binosida maxsus yig‘ilish tashkil etiladi. Unda Umid Ahmadjonovning o‘rniga vitse-prezidentlik uchun bir qator nomzodlar ko‘rib chiqiladi.
Asosiy nomzod sifatida FIFA referesi Ravshan Ermatov ko‘rilayotgani haqida ma’lum qilgandik. Bundan tashqari tashkilot vitse-prezidentligiga AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Sokin Po‘latov va O‘FAning terma jamoalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdullayev nomzodlari ham ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatovning ham o‘z lavozimidan ketishi mumkinligi aytilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr