Uelsda futbolchi o‘yin vaqtida hibsga olindi (video)

Sport

image

Uelslik futbolchi Jordan Evans mamlakat chempionatining quyi ligalaridan birida o‘tkazilgan o‘yin vaqtida politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Wales online” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea 7 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Jordan Evans “Beglan Dragons”ning “Kumbran Seltik”ga qarshi o‘yinining ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi. U ikkita golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi va keyin g‘alaba golini kiritdi. Uchrashuv 4:3 hisobida “Beglan”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida politsiya maydonga tushib, futbolchini hibsga oldi. Keyinchalik Janubiy Uels politsiyasi 31 yoshli erkakni o‘g‘rilikda gumon qilib hibsga olganini tasdiqladi. Biroz vaqt o‘tgach esa Jordan Evans hech qanday ayblovlarsiz qo‘yib yuborilgan.

9 sentyabr kuni “Beglan”ning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, klub ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan futbolchi bilan bog‘liq voqea aks etgan videodan xabardor. 

“Biz ko‘rib chiqilayotgan futbolchi Janubiy Uels politsiyasi tomonidan bir necha soatdan keyin hech qanday ayblovsiz qo‘yib yuborilganini tasdiqlashimiz mumkin. Endi biz bu ishni yopiq deb hisoblaymiz va bu haqda boshqa izoh bermaymiz”, deyiladi klub xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik Uel's Jordan Evans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing