UEFA Jahon chempionati uchun saralash formatini o‘zgartirmoqchi

Sport

image

Bugun, 25 yanvar kuni Shvetsariyaning Non shahrida UEFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Yig‘ilishda Jahon chempionati uchun yangi saralash tizimi masalasi muhokama qilinadi. 2026 yildan boshlab JCHda 48 ta jamoa ishtirok etadi. JCH uchun Yevropaga 16 ta kvota ajratilgan. Shu sababli UEFA saralash bosqichiga o‘zgartirish kiritmoqchi. Dastlabki bosqichlarda to‘rt yoki beshta jamoadan iborat 12 ta guruh tuzilishi mumkin. Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi, qolgan to‘rtta o‘rin egalari pley-off bahsida o‘yin o‘tkazadi. Bu yagona variant emas, lekin tashkilot o‘yinlar sonini kamaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar qiladi.

Shuningdek, UEFA Millatlar ligasi formatiga o‘zgartirish kiritish masalasini ham ko‘rib chiqadi. Avvalroq A ligasi guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar “To‘rtlik” finaliga yo‘l olgandi. Endi turnirning pley-off bosqichi bo‘lishi mumkin, unda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar ham ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, UEFA Yevropa chempionatini 32 ta jamoaga kengaytirishdan bosh tortgan. Yangi format 2028 yildan boshlab joriy etilishi rejalashtirilgan edi, biroq ushbu islohot rejalardan chiqarib tashlandi.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA JCh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing