Bugun Chempionlar ligasining yangi mavsumi start oladi

Sport

image

Bugun, 8 sentyabr kuni Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasi – UEFA Chempionlar ligasining 2026-2027 yilgi mavsumi start oladi. Yangi mavsumning liga bosqichi birinchi tur uchrashuvlari 8-10 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Musobaqaning birinchi turida 18 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bugungi bahslar orasida “Real Madrid” – “Inter”, “Portu” – “Manchester Siti” hamda “Borussiya Dortmund” – “Vilyarreal” uchrashuvlari alohida e’tiborli.

Ertaga, 9 sentyabr kuni esa “Barselona” o‘z maydonida “Feyenoord”ni qabul qiladi, PSJ “Slovan Bratislava” bilan, “Liverpul” esa “Atletiko Madrid” bilan kuch sinashadi.

Bu mavsum Chempionlar ligasida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir klub liga bosqichida sakkiztadan uchrashuv o‘tkazadi – to‘rttasi o‘z maydonida va to‘rttasi safarda. Liga bosqichi 2027 yil 27 yanvarda yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum finali 2027 yil 5 iyun kuni Madriddagi “Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing