UEFA “Yuventus” ustidan tergov boshladi

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi UEFA tomonidan moliyaviy feyr-pley (FFP) qoidalarini buzganlikda gumonlanib, rasmiy tekshiruv ostiga olindi. Tekshiruv 2022–2025 yillar oralig‘idagi moliyaviy davrni qamrab oladi. Bu haqda “Sky sport” nashri xabar berdi.

UEFA tekshiruvi “Yuventus”ning futbol daromadlari qoidalarini buzgan-buzmaganini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, jarayon natijasida klubga nisbatan moliyaviy jarima yoki sport cheklovlari (jumladan, UEFA musobaqalarida yangi futbolchilarni ro‘yxatga olish taqig‘i) qo‘llanilishi mumkin.

Turin klubi bayonotiga ko‘ra, UEFA 2022–2025 yillar oralig‘ida rahbariyat tomonidan futboldan olinadigan daromad (Financial Fair Play) qoidalarini buzish holatlarini tekshirish uchun 18 sentyabr kuni rasmiy tergov boshlagan. Tashkilot qarori kelasi yil bahorida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Hozirda A Seriyada olti o‘yindan so‘ng 12 ochko bilan beshinchi o‘rinda borayotgan “Yuventus” uch g‘alaba va uch durang bilan mavsumni boshlagan. Klub so‘nggi yilda 58 million yevro moliyaviy zarar ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” oxirgi marta sof foyda haqida 2016-2017 yilgi mavsumda xabar bergan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya sudi Antuan Grizmanning 2019 yilda “Barselona”ga o‘tishi jarayonida ikki qoidabuzarlik belgilari mavjudligini aniqlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Italiya UEFA FFP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing