UEFA yil ramziy jamoasini e’lon qildi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA – Union of European Football Associations) o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tarkibini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Ramziy terma jamoa darvozasiga Tibo Kurtua (“Real Madrid”) joylashtirilgan. Himoya chizig‘idan Virjil van Deyk (“Liverpul”), Antonio Ryudeger (“Real Madrid”), Endryu Robertson (“Liverpul”) va Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) o‘rin egallagan.

Shuningdek, maydon markazi va hujum chizig‘idan ham munosib futbolchilar qo‘yilgan. Ya’ni, Luka Modrich (“Real Madrid”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti” va Fabiniodan (“Liverpul”) iborat trio yarim himoya pozitsiyasidan mustahkam joy olgan. Hujumchi chizig‘iga Karim Benzema (“Real Madrid”), Vinisius Junior (“Real Madrid”) va Kilian Mbappe (PSJ) joylashtirilgan.

Avvalroq, bugun, 25 avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing