Istanbulda YeCHLning 2022-2023 yilgi mavsumiga qur’a tashlanadi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UEFA'ning rasmiy saytida xabar berildi.

Qur’a bilan birgalikda UEFA o‘tgan mavsum qahramonlarini ham taqdirlaydi. Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Karim Benzema (“Real Madrid”), Tibo Kurtua (“Real Madrid”) va Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Karlo Anchelotti (“Real Madrid”),  Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”), va Yurgen Klopp (“Liverpul”) nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Marosim Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Qur’ada klublar to‘rtta savatchaga bo‘lingan. Bitta savatdagi va bir mamlakat jamoalar guruh bosqichida bir-biriga qarshi bahs olib bormaydi.

To‘rtta savatga bo‘lingan 32 ta jamoa bilan tanishing:

Birinchi savatcha: “Real”, “Ayntraxt”, “Manchester Siti”, “Milan”, “Bavariya”, PSJ, “Portu”, “Ayaks”.

Ikkinchi savatcha: “Liverpul”, “Chelsi”, “Barselona”, “Yuventus”, “Atletiko”, “Sevilya”, “Leypsig”, “Tottenxem”.

Uchinchi savatcha: “Borussiya” Dortmund, “Zalsburg”, “Shaxter”, “Inter”, “Napoli”, “Benfika”, “Sporting”, “Bayer”.

To‘rtinchi savatcha: “Marsel”, “Bryugge”, “Seltik”, “Viktoriya” Plzen, “Makkabi”Xayfa, “Reyndjers”, “Kopengagen”, “Dinamo”Zagreb.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing