UEFA Yevro-2028 mezbonligi uchun ariza qabul qilishni boshladi

Sport

image

UEFA 2028 yilgi Yevropa chempionati mezbonligini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan mamlakatlar uchun tanlov e’lon qildi. Hujjatlar 2022 yilning martigacha topshirilishi kerak. Yevro-2028 musobaqasi o‘tkaziladigan mamlakat 2023 yilning sentyabr oyida e’lon qilinadi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, UEFA Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun bir necha mamlakatlarning qo‘shma arizalarini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Bu vaziyatda ularning geografik joylashuvi yaqin bo‘lishi kerak.

Yevro-2028 ga ariza berish uchun manfaatdor tomonlar sig‘imi turlicha bo‘lgan 10 ta stadionni taqdim etishlari kerak bo‘ladi:

  • 60 ming o‘rinli (yoki undan ko‘proq) bitta stadion;
  • 50 ming o‘rinli bitta stadion;
  • Eng kamida 40 ming o‘rinli 4 ta stadion;
  • Eng kamida 30 ming o‘rinli 3 ta stadion bo‘lishi talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionatiga Germaniya mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Yevropa chempionatining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlab, 2020 yilgi musobaqa qit’aning 11 mamlakatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, keyinroq terma jamoalar va ularning muxlislari uchun noqulaylik tug‘dirgan reglament UEFA’dagi tashkilotchilarning xatosi ekani tan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol UEFA Aleksandr Cheferin Evro-2028

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing