UEFA Yevro-2024 talismanini namoyish qildi

Sport

image

UEFA 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining rasmiy maskotini taqdim etdi.

Maskot XX asr boshlarida Germaniyada ixtiro qilingani aytilgan mashhur bolalar o‘yinchog‘i bo‘lgan ayiqchadan ilhomlanilgan. 

“Ayiq butun Yevropa bo‘ylab 10 million bolani faol bo‘lishga ilhomlantiradi”, deyiladi UEFA bayonotida.

Shuningdek, keyingi ikki hafta ichida UEFA.com saytida ovoz berish yo‘li bilan maskot nomi tanlanadi.

Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnirning guruh bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa chempionati Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing