UEFA yoshlar ligasida kutilmagan jamoa g‘olib bo‘ldi

Sport

image

“Olimpiakos” U-19 2023/24 yilgi mavsumda UEFA Yoshlar ligasining g‘olibiga aylandi.

Hal qiluvchi bahsda Gretsiya terma jamoasi Italiyaning “Milan” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. “Olimpiakos” barcha gollarni 60-66 daqiqalar oralig‘ida kiritdi.

Uchrashuvda Kristos Mouzakitis penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib Antonis Papakanellos gol urdi. 66-daqiqada esa Teofanis Bakulas chiroyli gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi. 

Bu har ikki jamoa uchun ham tarixdagi birinchi UEFA Yoshlar ligasi finali bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Olimpiakos” kattalar jamoasi joriy mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etmadi.

Mazkur turnirda o‘tgan mavsumda Niderlandiyaning “AZ Alkmaar” futbolchilari g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Olimpiakos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing