UEFA YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni ma’lum qildi

Sport

image

UEFA joriy hafta Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Italiyaning “Milan” klubi a’zosi Fikayo Tomori, “Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller, “Chelsi” himoyachisi Mark Kukurella va “Benfika” yarim himoyachisi Rafa Silva turnirda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod bo‘lib turibdi.

“Milan” himoyachisi Fikayo Tomori “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda (0:0) London klubi darvozasiga 2 ta zarba berdi va 8 marta raqiblardan to‘pni olib qo‘ydi.

“Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller PSJ bilan o‘yinda (2:0) 31,4 km/soat tezlik qayd etdi va klubning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

“Chelsi” himoyachisi Mark Kukurellaning “Borussiya”ga qarshi o‘yindagi (2:0) uzatmalarining 85 foizi aniq manzilga yetib bordi. U nemis klubi darvozasiga 2 ta zarba berdi va 10 marotaba raqibdan to‘pni olib qo‘ydi.

“Benfika” yarim himoyachisi Rafa Silva “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (5:1) raqib darvozasi tomon 3 ta zarba yo‘llab, gol urdi va  32,6 km/soat tezlik qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing