UEFA YeCHL final mezbonligini Istanbulda qoldirdi

Sport

image

UEFA  Yevropa Chempionlar ligasining 2022/2023 yilgi mavsumi finalini Istanbuldan ko‘chirish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

“2023 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali 10 iyun kuni rejalashtirilganidek Istanbulda bo‘lib o‘tadi. UEFA  hech qanday siyosiy institutlar, hukumatlar yoki milliy futbol assotsiatsiyalari bilan finalni boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib bormayapti”, deydi jurnalist Rob Xarris.

OAVda UEFA Yevropa Chempionlar ligasi finali o‘tkaziladigan joyni may oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari sababli Lissabonga ko‘chirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etilishicha, Yevropa tashkiloti Istanbuldagi tartibsizliklardan qo‘rqqan va shuning uchun Portugaliya tomoni bilan muloqot qila boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul EChL UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made