UEFA o‘yin vaqtida muxlisni kaltaklagan styuardlarning harakatini qoraladi (video)

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Yevropa chempionatining Portugaliya va Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda muxlisni kaltaklagan styuardlarning harakatini qoralaydi va mazkur holatga nisbatan chora ko‘radi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

“UEFA Portugaliya - Sloveniya o‘yinida styuardlar va muxlis o‘rtasida sodir bo‘lgan voqeadan xabardor va har qanday zo‘ravonlik xatti-harakatlarini tashkilotimiz qoralaydi. Videoda ko‘rsatilgan voqea hozirda politsiya tomonidan tekshirilmoqda. UEFA tergovgacha qo‘shimcha izoh bera olmaydi”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joizki, ijtimoiy tarmoqlada Portugaliya-Sloveniya uchrashuvida styuardlar muxlisni kaltaklagani aks etgan video tarqalgan. Voqea birinchi qo‘shimcha bo‘lim oxirida Sloveniya terma jamoasi darvozasiga belgilangan penaltidan so‘ng, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz penaltisidan keyin sodir bo‘lgan. Keyinchalik Frankurt-Mayn politsiyasi epizod bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya va Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvining asosiy va qo‘shimcha vaqtida gol urilmadi. Penaltilar seriyasida esa portugallar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Chorak finalda Portugaliya terma jamoasi Fransiya termasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 5 iyul kuni Gamburgda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Sloveniya muxlis styuard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing