UEFA turk futbolchisini millatchilikda ayblab, jazoladi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) turkiyalik himoyachi Merih Demiralni Yevropa chempionatining ikkita o‘yiniga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

2 iyul kuni Turkiya terma jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionati 1/8 finalida Avstriya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Demiral dublga erishdi. Ikkinchi goldan so‘ng futbolchi turk millatchilarining “kulrang bo‘ri” ishorasini ko‘rsatdi.

Yevropa chempionati chorak finalida Turkiya terma jamoasi 6 iyul kuni Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Demiral mazkur uchrashuvda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi, agar turklar yarim finalga chiqa olsa ham “Al-Ahli” a’zosi finaloldi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Shunday qilib, Demiral faqatgina Turkiya turnir finaliga chiqa olsa, maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitidagi ishtirokini bekor qilib, terma jamoa o‘yinini bevosita stadiondan ko‘rish uchun Germaniyaga borishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Merih Demiral kulrang bo'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made