UEFA klublarga 6 mlrd yevro yordam puli beradi
Sport
−
14 avgust 2021
2593Yevropa futbol uyushmasi (UEFA) koronavirus inqirozi sharoitida futbol klublariga moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Klublarga yordam ko‘rsatish uchun 6 milliard yevro mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Moliyalashtirish tashkilot uchun uch bosqichli strategiyaning bir qismidir. Loyiha klublarga yordam beradi, chunki stadionlar bir yildan ko‘proq vaqt davomida tomoshabinlar uchun yopiq bo‘ldi va efirdan tushgan daromadlar ham kamaydi.
UEFA’ning g‘oyasiga ko‘ra, klublar kamroq foiz evaziga mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, mavjud qarzlarni 5-7 yil muddatga qadar qaytarishi kerak bo‘ldadi.
Tashkilot tashabbusni moliyalashtirish uchun Londonda joylashgan Sentrisus Asset Management investitsiya firmasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, Yevropaning TOP-15 futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil qilinganini e’lon qilgan edi. Asosiy sabab sifatida UEFA bayrog‘i ostidagi musobaqalar kam daromadli ekanligi ko‘rsatilgan.
Biroq ikki kun ichida ushbu loyiha barbod bo‘lgan va tashkilot jamoalarga to‘lanadigan mukofot pullari miqdori oshirilishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi