UEFA Infantinoni qamatmoqchi

Sport

image

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA turnirining ayrim tijorat huquqlarini xususiy investorlarga o‘tkazish rejasi yuzasidan FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarshi Shveysariya sudiga jinoiy shikoyat arizasi berishga tayyorlanmoqda. Agar u aybdor deb topilsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Germaniyaning SID sport yangiliklari agentligi tahririyat ixtiyoriga kelib tushgan 60 sahifali hujjatga ko‘ra, ehtimoliy sud jarayoni FIFA tomonidan keyinchalik rad etilgan reja bilan bog‘liq.

Ushbu rejaga ko‘ra, FIFA’ning futbol turnirlari, jumladan, Jahon chempionatlariga oid tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga o‘tkazish ko‘zda tutgan.

Ma’lum qilinishicha, UEFA va boshqa manfaatdor tomonlar Shveysariyada Janni Infantino, shuningdek, ehtimol boshqa FIFA rasmiylari va maslahatchilariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ular Infantino Shveysariya Jinoyat kodeksining 158-moddasi, ya’ni ishonch bildirilgan boshqaruv vakolatlarini suiiste’mol qilish bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Agar Infantino FIFA manfaatlariga qasddan zarar yetkazgani isbotlansa, u besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

UEFA AQSH sudlaridan zarur hujjatlarni, jumladan, FIFA va Infantino rejasining asosiy investori sifatida tilga olingan Thrive Capital investitsiya kompaniyasiga oid ma’lumotlarni taqdim etishni so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hujjatlar Shveysariyada ehtimoliy jinoiy ish doirasida dalil sifatida qo‘llanilishi mumkin.

“Kommersant’” gazetasi xabariga ko‘ra, Thrive Capital kompaniyasi AQSH Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi Joshua Kushnerga tegishli.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing