UEFA Germaniya pitssaxonasini sudga berdi
Sport
−
31 yanvar 2022 3637 1 daqiqa
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Germaniyaning “Pizza Wolke” pitssaxonasi ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, UEFA shafeligida o‘tkaziladigan Chempionlar ligasi (Champions league) turnir nomiga mos keladigan “Champignons league” nomli pitssa tufayli shu ishga qo‘l urgan. Pitseriyada bayonotga hazil bilan munosabatda bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, YeCHLning amaldagi chempioni Londonning “Chelsi” klubi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, hozirda ushbu turnirning guruh bosqichi yakuniga yetgan. Joriy yilning 15 fevral kuni UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda PSJ – “Real Madrid”, “Sporting” – “Manchester Siti”, “Inter” – “Liverpul”, “Zalsburg” – “Bavariya”, “Vilyarreal” – “Yuventus”, “Chelsi” – “Lill”, “Atletiko” – “Manchester Yunayted” va “Benfika” – “Ayaks” uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025