UEFA FIFA musobaqalarini boykot qilishda davot etishini aytdi

Sport

image

UEFA FIFA’ning Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqlarining bir qismini sotish rejasidan voz kechganiga qaramay, tashkilot musobaqalarini boykot qilish qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

UEFA bayonotida qayd etilishicha, boykotni bekor qilish uchun nafaqat bahsli taklif qaytarib olinishi, balki bunday tashabbuslar kelajakda hech qachon takrorlanmasligiga rasmiy kafolat berilishi ham talab qilingan.

“Yirik musobaqalarga mezbonlik huquqlarini sotish bo‘yicha takliflar qaytarib olinishi kerak edi. Ikkinchidan esa, futbolning mohiyatiga putur yetkazuvchi bunday urinishlar hech qachon takrorlanmasligiga kafolat berilishi lozim edi. Bu shartlar bajarilmadi”, deyiladi UEFA bayonotida.

Avvalroq, UEFA, agar FIFA Jahon chempionatini o‘tkazish huquqlarini xususiy kompaniyalarga sotish rejasini amalga oshirsa, 2030 yilgi mundialni boykot qilishini ma’lum qilgan edi. Ushbu qarorni UEFA’ga a’zo bo‘lgan 55 ta milliy assotsiatsiyaning barchasi qo‘llab-quvvatlagan.

Shundan so‘ng, FIFA Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejasidan voz kechganini ma’lum qildi.

Joriy yilning 5 avgust kuni FIFA prezidenti Janni Infantino Marokash poytaxti Rabot shahrida tashkilotning yuqori lavozimli rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Xabarlarga ko‘ra, u turli milliy futbol assotsiatsiyalarini o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy bayonotlar berishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing