UEFA Chempionlar Ligasi yangi mavsumi start oldi
Sport
−
17 Sentabr 3759 2 daqiqa
Kecha, 16 sentyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasining yangi mavsumi boshlandi. Ochilish kunida 6 ta uchrashuv o‘tkazildi.
“Real Madrid” 2:1 “Marsel”
Madridliklar turnirni g‘alaba bilan boshlashdi. Kilian Mbappe ikkala golni ham penaltidan urdi. Daniel Karvaxal qizil kartochka olib, maydonni tark etgani bois, “Real” o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.
“Yuventus” 4:4 “Borussia Dortmund”
Turin shahridagi bahs gollarga boy tarzda kechdi. Dortmund bir necha bor hisobda oldinga chiqdi, biroq “Yuventus” javob gollari evaziga durang natijaga erishdi.
“Qorabog‘” 3:2 “Benfika”
Ozarbayjon klubi ikki gol ortda qolganiga qaramay, yakunda 3 ta gol kiritgan holda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu “Qorabog‘” uchun katta ruhiy g‘alaba bo‘ldi.
“Arsenal” 2:0 “Atletik Bilbao”
London klubi safarda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Gollar zaxiradan tushgan futbolchilar Martinelli va Trossardlar tomonidan kiritildi.
“Tottenhem Hotspur” 1:0 “Vilyarreal”
Londonliklardan minimal hisobdagi g‘alaba, biroq muhim uch ochko. “Shporlar” ochilish turini g‘alaba bilan boshlashdi.
PSV 1:3 “Yunion”
Belgiya jamoasi safarda kutilmagan g‘alabaga erishdi. “Yunion” jamoasining 3 ta goliga PSV klubi 1 ta javob qaytarishga erishdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 17 sentyabr va ertaga, 18 sentyabr kunlari ham bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi reja qilingan.
Bugun, 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati:
- “Olimpiakos” – “Pafos”
- “Slaviya Praga” – “Budyo-Glimt”
- “Bavariya” – “Chelsi”
- “Pari Sen-Jermen” – “Atalanta”
Ertaga, 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati:
- “Nyukasl” – “Barselona”
- “Manchester Siti” – “Napoli”
- “Frankfut” – “Galatasaray”
- “Sporting” – “Qayrat”
Live
Barchasi