UEFA “Barselona”ni 30 500 yevro jarimaga tortdi
Sport
−
21 fevral 837 1 daqiqa
UEFA Ispaniyaning “Barcyelona” jamoasini Chempionlar ligasi doirasida “Slavia Praga”ga qarshi 2:4 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng, 30 500 yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Barselona” muxlislari tomonidan stadionda mash’alalar yoqilgani uchun klubga 15 500 yevro jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, jamoaning maydonga chiqishi kechikkani sabab yana 15 000 yevro jarima belgilangan.
Uchrashuv boshidagi kechikish “Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flickning xatti-harakatlari bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda. Mutaxassis UEFA tomonidan ogohlantirilgan va bu holat qo‘shimcha intizomiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yakuniga ko‘ra, 16 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi. Hozirda kataloniyaliklar nimchorak final bosqichida “Monako” – PSJ yoki “Nyukasl” – “Qorabog‘“ juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi