Uchtepadagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

3-sahifa

image

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar Uchtepa tumani “Beshqayrag‘och” ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida sodir bo‘lgan o‘pirilish oqibatida 2 nafar fuqaroning halok bo‘lishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugunning o‘zida mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddalari (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shamsutdinovning bildirishicha, hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan ushbu fojia sodir bo‘lgan vaqtda 5 nafar  “Shafoat” mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari ishlayotgan bo‘lgan. Biroq tuproq ko‘chishi oqibatida faqat 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan. 1 nafari ayni damda shifoxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli deb topilib uyiga javob berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent prokuratura Uchtepa jinoyat ishi o'pirilish Beshqayrag'och Uchtepadagi fojia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing