OCHL. “Paxtakor” mehmon jamoaga mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 19 sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichining 1-turi doirasida mezbon jamoa “Paxtakor” Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubi bilan o‘zaro bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 11-daqiqasida Kodjo Fo-Do Laba hisobni ochdi va “Al-Ayn”ni oldinga olib chiqdi. Omadsiz start olgan “Paxtakor” futbolchilari maydon markazida bir-birini tushunmasligi oqibatida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan unumli foydalangan Holid Al Baloushi 25-daqiqada “sherlar” darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyatni sal bo‘lsada o‘z tomoniga og‘dirgan O‘zbekiston vakillari faqatgina 60-daqiqada raqib himoyasini buzib o‘tdi, biroq Dragan Cheran qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa “Al-Ayn” futbolchisi Laba o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘ydi – 3:0.

Shu tariqa “Paxtakor” mehmon jamoadan 3 ta javobsiz to‘p qabul qilgan holda mag‘lubiyatga uchradi. 

Eslatib o‘tamiz, yecha, 18 sentyabr kuni 3 ta O‘zbekiston klubi Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) o‘yinlarida maydonga tushdi. Olmaliqning OKMK klubi “Al-Ittihod”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Navbahor” Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol” bilan 1:1 ko‘rinishida durang o‘ynadi. Faqat Qarshining “Nasaf” jamoasi kunni g‘alaba bilan yakunladi. U safarda “Al-Faysali”ni mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL Al-Ayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing