“Uchinchi jahon urushi boshlanib bo‘lgan”. Unda kim mag‘lub bo‘layotgani aytildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari boshlanib bo‘lgan “Uchinchi jahon urushida” Xitoyga yutqazmoqda. Bu haqda amerikalik siyosatshunos Maykl Reygan ta’kidlagan. Uning so‘zlari “Daily Freeman” nashrida chop etilgan. 

Siyosatchiga ko‘ra, Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilish uchun AQSH Yevropaga qo‘shin jo‘natishi shart emas edi. Buning o‘rniga “Shimoliy oqim” yopilishi va Keystone quvuri ochilishi hamda Xitoy tahdidiga qarshi kurashish kerak edi. 

Reygan Xitoy Xalq Respublikasi katta harbiy va iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.

“Bizning butun iqtisodiyotimiz xavfli darajada Xitoy va uning zavodlariga bog‘liq”, deb yozadi siyosatshunos. 

Uning tushuntirishicha, gap faqat kiyim-kechak, poyabzal va elektronika haqida emas, balki koronavirusga qarshi uy sharoitidagi testlar haqida ham bormoqda. Siyosatshunos Xitoyning xalqaro maydondagi mavqei mustahkamlanib borayotganiga e’tibor qaratgan. Reyganning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat chorak asrdan buyon butun dunyo bo‘ylab “muskullarini namoyish qilmoqda”.

“Uchinchi jahon urushi bir necha o‘n yillar oldin boshlangan. Biz Rossiyaga emas, Xitoyga qarshimiz va biz mag‘lub bo‘lyapmiz”, deya xulosa qilgan u.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

5368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing