Uchinchi evakuatsiya samolyoti o‘zbekistonliklar bilan Toshkentga qo‘ndi

Jamiyat

image

Bugun, 6 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 4:40 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Pekindan Toshkentga charter reysi yetib keldi.

Samolyotda Xitoydan yana bir guruh o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Kema bortida 260 nafarga yaqin fuqaro bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

Bu samolyot yo‘lovchilari ham koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Xitoydan olib chiqib ketish uchun uchta charter reysni tashkil etdi - ikkitasi Pekinga (pullik) va bittasi Uxanga (bepul). Ulardan ikkitasi 4 va 5 fevral kunlari Toshkentga qo‘ndi.


Maqola muallifi

Teglar

virus evakuatsiya

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing