Uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trln so‘m ajratildi – Prezident
Jamiyat
−
11:57 493 2 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani uchun tanqid qildi. Bu haqda mamlakat yetakchisi kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi.
Bildirilishicha, yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilingan.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani aytilgan. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilingan.
Bundan tashqari, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlangan.
“O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti”, degan davlat rahbari.
Eslatib ўтамиз, avvalroq Prezident O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar soni 700 mingga kamayganini bildirgan edi.
Live
Barchasi