Uch yashar qiz YTHga uchrab, avtomobil tagidan omon chiqdi (video)
3-sahifa
−
04 Sentabr 2020
10995Navoiy viloyatida qayd etilgan yo‘l-transport hodisasida 3 yashar qizni avtomobil bosib ketdi. Qizaloq Nexia ostidan omon chiqdi.
YTH kecha, 3 sentyabr kuni qayd etilgan. Piyodalar yo‘lakchisidan o‘tib kelayotgan 3 yashar Farzona va uning buvisini o‘z uyi yo‘lagidan orqaga harakatlanib chiqib kelayotgan Nexia avtomobili urib yuboradi. Oqibatda buvi yerga yiqiladi, nabira esa avtomobil g‘ildiraklari tagida qoladi. Ushbu holat svetoforda to‘xtab turgan avtomobillardan birining videoregistratoriga yoziladi.
Qizaloq zudlik bilan Karmana tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasiga yetkaziladi.
Shifokorlarning qayd etishicha, bunday tasodif kamdan-kam bo‘ladi.
“Bu Xudoning mo‘’jizasi. Faqat shilingan va qirilgan jarohatlari bor. Ammo kuzatishda davom etamiz. Ichki a’zolarining holatini ham nazorat qilib boramiz”, deydi travmatolog-shifokor Alijon Zoirov.
LiveBarchasi