Uch viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi
Jamiyat
−
09 avgust 2023
13065O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlariga prokurorlar tayinlandi. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni Bosh prokuroratura axborot xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati prokurori lavozimida adliya katta maslahatchisi Umrbek Muhammadovich Madrahimov ish boshladi.
Bungacha u Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Viloyatning oldingi prokurori Bektosh Soyipov edi. Hozircha uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot mavjud emas.
Andijon viloyati prokurori etib adliya katta maslahatchisi Ma’rufxon Maqsudovich Xojayev tayinlandi.
Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Avvalgi viloyat prokurori Sirojiddin Qarshiboyevich Eshquvvatov joriy yilning 3 avgust kuni Toshkent viloyati prokurori etib tayinlangandi.
Samarqand viloyati prokurori lavozimiga esa adliya katta maslahatchisi Eshnazarov Murodqosim Hamzayevich keldi.
Bunga qadar u Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i vazifasini bajargan.
Yangi tayinlovga qadar viloyat prokurori Jahongir Hotamov edi. U Prezident farmoniga ko‘ra Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq adliya katta maslahatchisi Ikrom Shermatovich Narimov Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi