Uch viloyat IIB boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Xabibulla Sherdanaqulovich Bozorov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Xabibulla Bozorov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Eldor Mahmudovich Alkarov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Eldor Alkarov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Polkovnik Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Ravshanjon Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing