Uch nafar voyaga yetmagan shaxs 6 yoshli qizni yoqib yubordi. Masalaga Prezident aralashdi

Olam

image

Tojikistonda uch nafar voyaga yetmagan shaxs 6 yoshli qizni yoqib yuborishda gumonlanyapti. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19 iyun kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Sino tumanida yashovchi 6 yoshli qiz og‘ir kuyish jarohatlari bilan 3-sonli shifoxonaga olib kelingan.

Militsiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu mudhish voqeani sodir etkanlikda gumonlanib, uch nafar voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli materiallar tayyorlanib, Dushanbe shahar prokuraturasiga yuborilgan. Tergov harakatlari davom etyapti.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon mudhish voqea yuzasidan o‘z tashvishini bildirib, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Olimzoda Nasim Xojaga jabrlangan qizaloqning davolanishini qattiq nazoratga olishni tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Tojikiston

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing