Uch nafar deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi
Jamiyat
−
26 noyabr 2021
16182Jizzaxda uch nafar deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi. Endi ular javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilingan.
Bu bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar hamda xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning tegishli qarorlari inobatga olingan.
Natijada, 3-“Olomon” saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat M.Abdullayeva, 4-“Qirqqishloq” saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat J.Xidirov va 15-“O‘ray” saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat D.Misirov daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi hamda ularning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga rozilik berildi.
LiveBarchasi