Uch mamlakat Prezidentlari Xitoyga rafiqasini olib bormadi

Olam

image

Sian shahridagi Tan sulolasi bog‘ida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevani Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan tantanali kutib olgan.

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham rafiqasi Oygul Japarova bilan qatnashgan. Qolgan yetakchilar – Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tadbirda yolg‘iz ishtirok etgan.

Oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etilgan.

Ma’lumot uchun, “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 19 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy Si Tszin'pin Imomali Rahmon Markaziy Osiyo Sadir Japarov To'qaev Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing