Uch kunda Rossiyadan 830 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi

Jamiyat

image

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 25 maydan 7 iyungacha 17 ta charter reysni amalga oshirish belgilangandi.

Bugungacha ushbu reyslarning uchtasi amalga oshirildi. Ushbu reyslarda Rossiya shaharlari – Yekaterinburg, Moskva va Sankt-Peterburgdagi 830 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati rahbari Navruz Ashurmatov ma’lum qildi.

25 may kuni amalga oshirilgan Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent reysida 278 nafar, 26 may kuni Toshkent – Moskva – Toshkent reysida 275 nafar va 27 may kuni Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent reysida 277 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgan.

Xorijdan qaytgan barcha fuqarolar aeroportdan karantin markazlariga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 28 may kuni Toshkent – Rostov-Don – Toshkent hamda Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida charter reyslari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistn Prezidenti keyingi o‘n kunda xorijdan yana 10,5 ming o‘zbekistonlik qaytishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. 26 may holatiga O‘zbekistonga xorijdan 47 ming fuqaro qaytib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

charter

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing