Charter reyslar xarajatlari qisman qoplab beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvargacha turizm sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijdan O‘zbekistonga charter reyslari uchun xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun (kamida 5 kecha tunaganda) 10 AQSH dollari, qishda (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

2022 yil 1 maydan yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablag‘lari:

  • onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
  • grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash 2021 yil 1 sentyabrdan to‘xtatilgan.

Shu sababli 2022 yil 1 fevraldan 2023 yil 1 yanvargacha Jamg‘armaga har oyda 2,5 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘larDavlat byudjetidan ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar hududlardagi salohiyatli turizm ob’ekti va maskanlarini turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish kabi maqsadlar uchun sarflanadi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm charter

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing