Uch kun nohaq qamoqda o‘tirgan erkak yaxshigina taqdirlandi

Olam

image

Shotlandiyada aybsiz fuqaro xatolik tufayli uch kun qamoqda o‘tirdi va yaxshigina mukofotlandi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 

2015 yilda politsiya xodimlari Gari Uebbning xonadoniga kirib kelishadi va uni jiddiy jinoyatda ayblashadi. U ayblovga iqror bo‘lmaydi va xatolik bo‘layotganini tushuntirishga harakat qiladi. “Hech kim menga ishonmadi, aqldan ozaman deb o‘yladim. Qo‘limga kishand taqishdi va judayam qo‘rqinchli ayblov qo‘yishdi”, deb yodga oladi u.

Uebb qilmagan jinoyati uchun uch kun qamoqda o‘tirdi. Keyinchalik politsiyadagilar jinoyatchini emas, boshqa odamni hibsga olishganini aniqlashdi. Uebbni ozodlikka chiqarib yuborishadi. Uning ta’kidlashicha, hech kim unga nima bo‘lganini tushuntirib bermagan, hatto uzr ham so‘rashmagan. Bo‘lib o‘tgan voqea unga psixologik jarohat yetkazgan va shu sabab ishdan ketishga majbur bo‘lgan.

U noqonuniy hibs bo‘yicha shikoyat qilgan, ikki yillik tekshiruvlardan so‘ng, uning arizasi rad etilgan. Shundan so‘ng, Uebb Shotlandiya politsiyasining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan surishtiruv o‘tkazuvchi komissiyaga murojaat qiladi. Ushbu voqeada ayblanib, besh nafar politsiya xodimi qo‘lga olinadi. 

Oqibatda 60 yashar Uebbga ma’naviy zararni qoplash uchun 100 ming funt sterling (1 250 500 000 so‘m) berishadi. “Bu voqea hayotimni buzib yubordi...”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Shotlandiya nohaq qamoq

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing