Uch karra Olimpiada sovrindori vafot etdi
Sport
−
11 mart 2024 13447 1 daqiqa
Uch karra Olimpiada o‘yinlari sovrindori, badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Sergey Diomidov 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rossiya sport gimnastikasi federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Taniqli gimnastikachi Sergey Diomidovning nomi Rossiya sporti tarixiga oltin harflar bilan yozilgan. Federatsiya Sergey Viktorovich Diomidovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi federatsiya xabarida.
Diomidov 1964 va 1968 yilgi Olimpiada o‘yinlarining jamoaviy bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritgan. 1968 yilda tayanch sakrash bo‘yicha bahslarda bronza medali sovrindori bo‘lgan. 1966 yilda sportchi jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u Jahon chempionatida ikkita kumush va 1965 yilgi Yevropa chempionatida to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025