Uch karra Olimpiada sovrindori olamdan o‘tdi

Sport

image

Indoneziya og‘ir atletika terma jamoasi a’zosi Rayema Lisa Rumbevas 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda CNN Indonesia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha sportchining o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

Rumbevas Olimpiya o‘yinlarida uch marta sovrindor bo‘lgan – 2000 yilda u 48 kilogrammgacha vazn toifasida ikkinchi, 2004 yilda 53 kilogrammgacha vazn toifasida ikkinchi, 2008 yilda 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida uchinchi o‘rinni egallagan. 2006 yilda sportchi 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Olimpiada Raema Lisa Rumbevas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing