Uch davlatda jang qilib, omon qolgan polkovnik Moskva terakti qurboni bo‘ldi
Olam
−
29 mart
19129Kosovo va Tojikistondagi janglarda qatnashgan, nihoyat Ukrainadagi urushdan ta’tilga chiqqan Rossiya razvedka boshqarmasi polkovnigi Timur Myasnikov "Krokus Siti Holl"dagi terakt oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchta o‘q tekkan harbiyni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Polkovnik Kosovo va Tojikistonda jang qilgan va teraktdan oldin u Rossiyaning Ukrainadagi urushida qatnashib, ta’tilga chiqqan.
"Myasnikovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar dastlab Suvorov harbiy maktablari bitiruvchilarining Telegram-kanalida paydo bo‘ldi. U Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan teraktdan keyin jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilganlar ro‘yxatida ham bor edi", deyiladi xabarda.
“Rossiya ofitserlari” tashkiloti Samara viloyati bo‘limi prezidiumi raisi Artur Malivanchukning aytishicha, "polkovnik Myasnikov Suvorov harbiy bilim yurti va Harbiy universitet bitiruvchisi bo‘lib, Rossiya Bosh shtabi Bosh boshqarmasi tarkibiga kiruvchi 3-maxsus kuchlar brigadasida xizmat qilgan. U Kosovo va Tojikistonda jang qilgan, so‘nggi ikki yilda esa Shimoliy harbiy okrug zonasida bo‘lgan. Teraktdan bir necha kun oldin Myasnikov ta’tilga Moskvadagi oilasini ko‘rish uchun ketgan. U "Krokus"ga xotini va o‘g‘li bilan "Piknik" guruhi chiqishini tomosha qilish uchun borgan".
Ma’lumot uchun, "Krokus Siti Holl"dagi qonli hujum qurbonlari soni 143 nafarga yetgan.
LiveBarchasi