Uch hududda 73 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
7109Bugun, 30 iyun kuni Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 43 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3262 nafar bemor sog‘aydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa COVID-19 dan tuzalganlarning soni 143 nafarga yetdi.
Bugungi kunda Xorazm viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 301 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5569 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi