Uch hududda 612 nafar bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 14 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 260 nafarga oshib, 33 821 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    127 nafari Toshkent viloyatida;

•    105 nafari Toshkent shahrida;

•    12 nafari Xorazm viloyatida;

•    8 nafari Andijon viloyatida;

•    3 nafardan Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida;

•    2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 346 nafar, Toshkent viloyatida 256 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, jami 612 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 27 825 (+612) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatda 5 776 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

225

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing