Ucell jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan "Coscom" MCHJ (Ucell)ga moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, olib borilgan monitoringlarda “Coscom” MCHJ tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlangan. Shunga ko‘ra, qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Coscom” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy  jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

"Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili onlayn mikroqarz bank xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi aniqlangani uchun “Hamkorbank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Ucell

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing