“Ucell” Gulnora Karimovaniki emas – kompaniya bayonot bilan chiqdi
Jamiyat
−
20 may 2020
10663Avvalroq, Gulnora Karimova farzandlari Islom Karimov va Iman Karimova “Ucell“ kompaniyasi onalariga tegishli ekani haqida ma’lumotlar taratgan edi. Shu munosabat bilan “Ucell“ kompaniyasi bayonot bilan chiqdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha aloqa operatori 100% davlatga tegishli.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovlarning maktublari tarqalib va muhokama qilindi.
Ushbu maktubda, xususan, G.Karimova go‘yo “Ucell” aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. Ikkala bayonot ham mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
2018 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million AQSH dollariga, COSCOM kompaniyasining Telia guruhi oldida bo‘lgan 485 million AQSH dollari atrofidagi qarz majburiyatlari bilan birgalikda sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.
Shunday qilib, 2018 yil dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMʼni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOMʼni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan.
Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy yetakchiga aylandi“, deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi