Uayt Maxachev va Oliveyra jangi haqidagi ma’lumotni rad etdi
Sport
−
06 noyabr 2023
2927UFC bosh direktori Dana Uayt Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi ikkinchi jang 2024 yilning yanvarida UFC 297 doirasida bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Uaytga ko‘ra, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, biroq Oliveyra Maxachevga qarshi chempionlik jangida qatnashish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda ular o‘rtasida kelishuv yo‘q, jang ikkala sportchi ham to‘qnashuvga 100 foiz tayyor bo‘lganda tashkil qilinadi.
Ta’kidlash joiz, Maxachev UFC'dagi oxirgi jangini aynan Oliveyraga qarshi o‘tkazishi kerak edi, lekin braziliyalik jangchi jarohat olgani bois rossiyalik sportchiga qarshi avstraliyalik Aleksandr Volkanovski oktagonga chiqdi. Maxachev 5 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundidayoq Volkanovskini nokautga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC vitse-prezidenti Maxachev-Oliveyra jangi qachon o‘tkazilishiga ishora qilgandi. Jangning 2024 yilning dastlabki oylarida o‘tkazilishi ehtimoli yuqori.
LiveBarchasi