Getji va Oliveyra jangi qachon bo‘ladi?
Sport
−
27 yanvar 2022
4511UFC yengil vazn toifasi chempioni Charlz Oliveyra joriy yilning 7 may kuni divizionning birinchi raqamli da’vogari, amerikalik Jastin Getjiga qarshi bahs olib borishi mumkin. Bu haqda jurnalist-insayder Bred Okamoto Twitter sahifasida xabar berdi.
Ushbu jang haqidagi mish-mishlar uzoq vaqtdan beri mavjud. Jangchilar bir necha marta bir-birlari bilan dahanaki janjal qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Oliveyra amerikalik Maykl Chandlerni mag‘lub etib, Habib Nurmuhamedov tomonidan vakant qoldirilgan chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Charlzning so‘nggi jangi 2021 yilning 11 dekabr kuni AQSH vakili Dastin Porega qarshi UFC 269 turniri doirasida bo‘lgan va Oliveyraning bo‘g‘ish usulidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Jastin Getji esa so‘nggi bor Maykl Chandler bilan UFC 268 turnirida jang o‘tkazib, g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi