“U juda ta’sirlangan bo‘lardi”. Shahzoda Charlz otasini xotirladi 

Olam

0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya taxti merosxo‘ri, Uels shahzodasi Charlzga ko‘ra, otasi, Edinburg gersogi Filipp o‘zining o‘limi haqidagi xabarga dunyo qanday munosabat bildirganini ko‘rsa, juda ta’sirlangan bo‘lardi. Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning o‘g‘li bu haqda Britaniya televideniyesida butun qirol oilasi nomidan gapirgan.  

"Mening aziz dadam, fikrimcha, o‘zining o‘limiga bo‘lgan munosabat va u haqida aytilgan ta’sirchan so‘zlardan hayratga tushadigan odam edi. Biz, oilam, bundan juda minnatdormiz. Bular hozirgi og‘ir yo‘qotish va ayanchli paytda bizga dalda bo‘ldi", degan 72 yoshli shahzoda Charlz. 

"Siz tasavvur qilganingizdek, men va mening oilam otamni nihoyatda sog‘inamiz. Uni juda yaxshi ko‘rishar va hurmat qilishar edi. Bu yerda, butun dunyoda va Hamdo‘stlik mamlakatlarida juda ko‘p odamlar qayg‘umizga sherik bo‘lganidan u juda hayajonga tushgan bo‘lardi, men buni tasavvur qila olaman", degan taxt vorisi. 

Shuningdek, Charlz Edinburg gersogi o‘z hayotining 70 yili mobaynida "qirolichaga, oilasiga va mamlakatiga, shuningdek, Millatlar Hamdo‘stligining barcha mamlakatlariga xizmat qilganini" qo‘shimcha qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, shahzoda Filippning dafn marosimi 17 aprel kuni o‘tkaziladi. 

Jamoat marosimga kirish huquqiga ega bo‘lmaydi, ammo dafn marosimi televizor orqali namoyish etiladi. 

Avvalroq, London markazida shahzoda Filippga yodgorlik o‘rnatilishi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Charl'z

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing