Britaniya taxti vorisi Usama bin Lodinning oilasidan pul olgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
02 avgust 2022
130782013 yilda Buyuk Britaniya tojining vorisi shahzoda Charlz “Al-Qoida” sobiq yetakchisi Usama bin Lodinning o‘gay ukalaridan 1 million funt sterling xayriya qabul qilgan. Bu haqda BBC News “The Sunday Times” nashriga asoslanib xabar berdi.
“Times” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Saudi Binladin Group qurilish konglomeratining sobiq raisi Bakr bin Laden va uning ukasi Bakr Shafiq Uels shahzodasi xayriya fondiga (PWCF) xayriya qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, shahzoda Charlz PWCF va qirollik oilasi “Klarens Xaus”ning Vestminster qarorgohi maslahatchilarining e’tirozlariga qaramay, Usama bin Lodinning qarindoshlaridan pul olishga rozi bo‘lgan.
Shahzoda Bakr bin Lodin bilan 2013 yil 30 oktyabr kuni “Klarens Xaus”da, “Al-Qoida” sobiq yetakchisi o‘ldirilganidan ikki yil o‘tib uchrashgan.
BBC’ga ko‘ra, biroq, Uels shahzodasi jamg‘armasi raisi ser Yan Cheshirning aytishicha, pulni olish haqidagi qaror xayriya tashkilotining ishonchli vakillari tomonidan sinchkovlik bilan tekshirilgandan so‘ng qabul qilingan – hatto Tashqi ishlar vazirligi ham xayriyani ma’qullagan.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Usama bin Lodinning oilasi 1994 yilda undan voz kechgan va uning faoliyatiga akalarining aloqasi bor, degan fikrga asos yo‘q.
Iyun oyida “The Sunday Times” gazetasi 2011 va 2015 yillar oralig‘ida shahzoda Charlz o‘z jamg‘armasi uchun Qatar sobiq Bosh vaziri shayx Hamad bin Jassimdan xayriyalarni shaxsan qabul qilgani haqida xabar bergandi. Xayriyalarning umumiy miqdori uch million yevroni tashkil etgan. “Klarens Xaus” olingan mablag‘lar zudlik bilan shahzodaning xayriya jamg‘armalaridan biriga o‘tkazilgani va barcha zarur tartib-qoidalar bajarilganini bildirgan.
Usama bin Lodin 1980-yillarning oxirida “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotini yaratdi. Tashkilot 2001 yil 11 sentyabrda terrorchilar guruhi to‘rtta yo‘lovchi samolyotini o‘g‘irlab ketishga va ularni Qo‘shma Shtatlardagi turli ob’ektlarga hujum uchun yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi. Nishonlar orasida Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar, AQSH Mudofaa vazirligi – Pentagon va Prezident qarorgohi – Oq uy bor edi. Uchta samolyot nishonga yetib borgan, Oq uyga qarab uchgan samolyot muddatidan oldin yerga qulagan. Egizak binolar butkul vayron bo‘lgan. Pentagon esa qisman zarar ko‘rgan.
LiveBarchasi