U yolg‘iz emas. Putin Bayden bilan uchrashuvga kimlarni olib kelmoqda?

Olam

image
Hashamat va xavfsizlik: Shveysariya Putin va Bayden uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? north_east

Hashamat va xavfsizlik: Shveysariya Putin va Bayden uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Xabaringiz bor, bugun, 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya va AQSH Prezidentlari o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Amerika rahbari kecha, 15 iyun kuni o‘zining jamoasi bilan Jenevaga yetib keldi. Bayden delegatsiyasi bilan “Intercontinental” mehmonxonasiga joylashgan. AQSH-Rossiya sammiti esa mamlakatning eng ko‘zga ko‘ringan maskanlaridan biri — La Granj qasrida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 iyun kuni Shveysariya tomon yo‘lga chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga kamida yetti nafar yuqori lavozimli amaldor kirgan

Ular orasida mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov, Kremlda Ukraina bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiluvchi Prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak va Rossiya Prezidentining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev bor. Putin va Baydenning tor doiradagi muzokaralarida Rossiya tomonida Vazir Sergey Lavrov, AQSH tomonidan Davlat kotibi Entoni Blinken ishtirok etadi.

CNN xabariga ko‘ra, Bayden bilan nafaqat Davlat kotibi Entoni Blinken, balki Milliy xavfsizlik bo‘yicha Prezident maslahatchisi Jeyk Sallivan va Milliy xavfsizlik kengashi a’zolari ham kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Bayden o‘rtasidagi uchrashuvga butun jahon hamjamiyati ko‘z tikib turibdi, chunki ushbu muzokaralar davomida bir qator global masalalar ham kun tartibiga ko‘tariladi. Jumladan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, mintaqaviy mojarolar hamda global iqlim o‘zgarishi kabi masalalar muhokama doirasida bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

786

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing